Qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy yechimlar

Biz tajriba, bilim va ishonchli yetkazib berish tizimini birlashtirib, mamlakatni oziqlantirayotgan insonlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Biz ishonamiz: dehqon o‘ssa — butun yurt o‘sadi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi — ishimizning yuragi

Biz Yevropa va Osiyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan zamonaviy, ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan texnikalarni yetkazib beramiz. Ular mijozlarimizga samaradorlikni oshirish, vaqtni tejash va xarajatlarni kamaytirishda yordam beradi.

Biz kichik fermer xo‘jaliklaridan tortib yirik agroholdinglargacha bo‘lgan mijozlar bilan ishlaymiz.
Har bir loyiha batafsil maslahatdan boshlanadi: biz yer maydonlari, tuproq turi, iqlim va sizning maqsadlaringizni o‘rganamiz — shundan so‘ng haqiqatan natija beradigan texnikani tanlaymiz.

Biz uchun muhim narsa — texnika sotish emas, sizning ishonchingizni qozonish.
Biz shunday texnikani taklif qilamizki, u sizga foyda, baraka va ertangi kunga ishonch olib keladi..

Biz taklif qilamiz:

  • Yerga ishlov berish texnikasi — pluglar, boronalar, kultivatorlar, seyalka va o‘g‘it sepish texnikalari;
  • Ekin ekish va parvarishlash uskunalari — purkagichlar, o‘rim-yig‘im mashinalari, kombaynlar, tirkamalar;
  • Yem tayyorlash va silos uchun texnika — yem o‘rish kombaynlari, press-podborshiklar, maydalagichlar;
  • Hosilni qayta ishlash uskunalari — saralash, yuvish, qadoqlash va dastlabki qayta ishlash liniyalari;
  • Ehtiyot qismlar va servis xizmati — texnikangiz har doim ishga tayyor bo‘lishi uchun.

O‘simliklar uchun o‘g‘itlar va himoya vositalari

Biz mineral va organik o‘g‘itlar, mikroelementlar, o‘sish stimulyatorlari, agroximikalar va biologik preparatlar yetkazib beramiz.
Har bir yechim mahalliy tuproq va iqlim sharoitiga mos ravishda tanlanadi — biz sizning muvaffaqiyat formulasini yaratamiz.


Hayvon va parranda salomatligi

Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun biz vitaminlar, premikslar, yem qo‘shimchalari va veterinariya vositalarini taklif qilamiz.
Sog‘lom podaning o‘zi — barqaror biznesning poydevori.


Oziq-ovqat sanoati uchun ingredientlar

Biz sut, go‘sht, meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar uchun fermentlar, ziravorlar, konservantlar, stabilizatorlar, texnologik qo‘shimchalarni yetkazib beramiz.
Bu mahsulotlar siz ishlab chiqargan oziq-ovqatning ta’mi, sifati va saqlanish muddatini belgilaydi.
Shu sababli biz faqat ishonchli ishlab chiqaruvchilar bilan ishlaymiz.


Buyurtma asosida import

Biz har qanday nostandart so‘rovni mamnuniyat bilan bajarishga tayyormiz.
Agar sizga kerakli mahsulot bizda mavjud bo‘lmasa — biz uni topamiz va olib kelamiz.
Biz Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqdagi ishonchli yetkazib beruvchilar bilan bevosita hamkorlik qilamiz, shuning uchun har bir mijoz uchun individual yechim yarata olamiz.

Kompaniya haqida

Biz — 2022 yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan, yosh, ammo barqaror rivojlanayotgan kompaniyamiz.
Bir tom ostida tajribali mutaxassislar va ishonchli hamkorlarni jamladik. Ularni yagona maqsad birlashtiradi — qishloq xo‘jaligi sohasini zamonaviy bosqichga olib chiqish.

Dastlab biz qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini yetkazib berish bilan shug‘ullanganmiz — xo‘jaliklarga mexanizatsiya kiritish, mehnatni yengillashtirish va hosildorlikni oshirishda yordam berdik.
Ammo vaqt va mijozlarimizning ehtiyojlari shuni ko‘rsatdiki, muvaffaqiyatli biznes uchun faqat texnika yetarli emas.

Bugungi kunda biz agro-sanoat zanjirining barcha bosqichlari uchun kompleks yechimlar taklif qilamiz — yerga ishlov berish va ekin yetishtirishdan tortib, qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha.

Bizning mijozlarimiz — har kuni yerdan baraka topayotgan insonlar: don, sut, go‘sht, pishloq, meva, sabzavotyetishtirayotgan fidoyi ishlab chiqaruvchilar.
Biz ularning mehnatini qadrlaymiz va har bosqichda foyda keltira olishimizdan faxrlanamiz.

Biz kimlar bilan ishlaymiz

Bizning mijozlarimiz — qadriyat yaratadigan ishlab chiqaruvchilar:

  • don, sabzavot va yem-xashak yetishtiruvchi fermerlar;
  • chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar;
  • go‘sht, sut, meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, kolbasa, pishloq, konservalar va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar;
  • to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalar — daladan tortib, tayyor mahsulotgacha.

Biz bilamiz: har bir xo‘jalik o‘ziga xos. Shu bois biz har bir mijoz uchun individual yechimlar taklif qilamiz — sizning tajribangiz, an’analaringiz va maqsadlaringizni hurmat qilgan holda.

Biz bilan bog‘laning

Biz sizning muvaffaqiyatingizning bir qismiga aylanishga tayyormiz.
Xo‘jaligingiz haqida bizga ayting — biz sizga tezroq rivojlanishga yordam beradigan yechimlarni taklif qilamiz.
Yerdan to tayyor mahsulotgacha — biz siz bilan birgamiz.

Tashkent, Yashnabad district, Asalobod St., Asalobod MSG, 19
Tel.: +998 88 133 41 60
info@beleurobox.uz